Istalgan fayl — istalgan qurilmaga.
Faqat 6 ta raqam.
Faylni yuklang, kod oling va uni boshqa kompyuter yoki telefonda kiriting. Kabel, fleshka va messenjerlarsiz.
Bir qurilmadan yuklang — boshqasida oching
- Faylni tanlang
Rasm, video, hujjat, arxiv yoki shunchaki matn. Bir yo‘la bir nechta fayl ham bo‘ladi.
- 6 xonali kod oling
Yuklash tugashi bilan kod, havola va QR kod tayyor bo‘ladi.
- Boshqa qurilmada oching
Shu saytni oching, kodni kiriting yoki QR kodni skanerlang — yuklab oling.
Oddiy. Tez. Iz qoldirmaydi.
Windows, Mac, Linux, Android, iPhone — faqat brauzer kerak, ilova o‘rnatilmaydi.
Bir yuborishda 200 tagacha fayl. Ko‘p fayllar bitta ZIP bo‘lib yuklanadi.
10 daqiqadan 3 kungacha muddat tanlang. Muddat tugagach fayllar serverdan butunlay o‘chiriladi.
Qabul qiluvchi yuklab olishi bilan fayllar yo‘qoladi. Maxfiy hujjatlar uchun.
Telefonga kodni yozish shart emas — QR kodni skanerlang yoki havolani yuboring.
HTTPS orqali uzatiladi. Kodni taxmin qilib topishga urinishlar avtomatik bloklanadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?
Yo‘q. Saytni oching, faylni tanlang — kod tayyor. Akkaunt, telefon raqam yoki email so‘ralmaydi.
Fayl qancha vaqt saqlanadi?
Yuborishda o‘zingiz tanlaysiz: 10 daqiqa, 1 soat, 24 soat yoki 3 kun. Muddat tugagach fayllar serverdan o‘chiriladi va kod ishlamay qoladi.
Eng ko‘pi bilan qancha hajm yuborsa bo‘ladi?
Bir yuborishda 1 GB gacha va 200 tagacha fayl.
Kodni boshqa odam topib olmaydimi?
Kod tasodifiy yaratiladi va faqat muddati davomida ishlaydi. Noto‘g‘ri kodni ko‘p marta kiritgan qurilma vaqtincha bloklanadi. Maxfiy fayllar uchun «Bir marta yuklab olingach o‘chsin»ni yoqing.
Yuborishni muddatidan oldin o‘chirsa bo‘ladimi?
Ha. Yuborgan qurilmangizda «Faol kodlarim» ro‘yxatidan kodni oching va «O‘chirish»ni bosing.
Telefonga qanday o‘tkazaman?
Kompyuterda yuboring va telefon kamerasi bilan QR kodni skanerlang — fayllar sahifasi darhol ochiladi.
Teleport (tport.uz) nima?
Teleport — tport.uz manzilidagi bepul onlayn fayl yuborish xizmati, uni O‘zbekistonda ARZUCODER yaratgan. Fayl yoki matnni yuklang, 6 xonali kod oling va ro‘yxatdan o‘tmasdan, ilova o‘rnatmasdan istalgan kompyuter yoki telefonda yuklab oling.